"Kosonsoy"ning o'rniga uchta nomzod
16 mar 2016 11:40
Yangiliklar


"Kosonsoy"ning o'rniga uchta nomzod
Kecha birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biri "Kosonsoy" jamoasini moliyaviy muammolar tufayli ushbu mavsum 1-ligada ishtirok eta olmasligi mumkinligini xabar qilganik.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, "Kosonsoy"ning o'rniga bir yo'la uch jamoa birinchi ligada qatnashish xohishini bildirgan. Bular - "Bunyodkor-2", "Guliston" va “FarDU-Futbol-info”.
Yodingizda bo'lsa, yosh "qaldirg'ochlar" o'tgan mavsum birinchi bosqichda sakkizlikka kira olmasdan 1-liga bilan xayrlashgan edi. “FarDU-Futbol-info” esa, yil oxirida tashkil qilingan "pulka" bahslarida qatnashib, yo'llanmani qo'lga kirita olmagandi. Baxtiyor Ashurmatov bilan oliy ligada qatnashib o'sha yiliyoq kuchlilar safini tark etgan "Guliston" esa, kelasi yil 1-ligada ham omadsizlikka uchragandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar