Asliddin Meliboev: “O'z ustimda ko'p ishlab, albatta asosiy tarkib o'yinchisi bo'laman”

Narzulla Saydullayev
12 noya 2016, 11:31
Birinchiliganing qoldirilgan 24-tur uchrashuvlarida “Kosonsoy” - “Zomin” uchrashuvi ham bo'lib o'tadi.

Uchrashuvdan oldin, mehmonlar himoyachisining o'yin haqida quyidagi fikrlarini bildirdi.

-   Ketma-ket ikkita durangdan so'ng, mehmonda “Xotira-79” jamoasi ustidan g'alaba qozondilaring. G'alaba bilan tabriklayman.   
-   Rahmat.

-   Siz o'z vaqtida viloyat ikkinchi ligasida ishtirok etadigan “G'allakor-Barsa” jamoasida o'ynagansiz va asosiy tarkib o'yinchisi ham bo'lgansiz. “Zomin” jamoasiga kelganizdan so'ng, asosan zaxiradan maydonga tushmoqdasiz. Buning sababi nimada?
-   “Zomin” jamoasi tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilgan. Raqobat ham kuchli. O'z ustimda ko'p ishlab, albatta asosiy tarkib o'yinchisi bo'laman.

-   “G'allakor-Barsa” jamoasining o'yinlarini kuzatib borasizmi?
-   Ha. Imkon qadar ushbu jamoaning o'yinlarini kuzatib borishga xarakat qilaman. Adashmasam jamoa keyingi yilgi Birinchi liga musobaqalariga yo'llanma olgan. Faqat Birinchi liganing o'tish o'yinlarida yutsa bo'ldi, Birinchi liga ishtirokchisiga aylanadi.

-   “Kosonsoy” jamoasiga qarshi qay tarzida tayyorgarlik ko'ryapsizlar?
-   Raqiblarimiz hozircha musobaqaning so'ngi o'rinlarining  birida bormoqda, shunday bo'lsada raqibimizni hurmat qilgan xolda uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia