Koselni futbolchilik faoliyatini yakunladi
26 mar 2022 20:23
Yangiliklar


Koselni futbolchilik faoliyatini yakunladi
Franciya terma jamoasi sobiq himoyachisi Loran Koselni butsalarini mixga ildi.
Koselni 2019 yildan buyon Franciya chempionati vakili "Bordo" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U eng yaxshi damlarini 2010 yildan 2019 yilgacha Londonning "Arsenal" klubida o'tkazgan.
36 yoshli o'yinchi Franciya termasi safida 51 ta o'yinda maydonga tushgan. 2016 yilda Evropa vice-chempioniga aylangan.
Koselni "Bordo"dagi so'nggi uchrashuvini o'tgan yilning dekabrida o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar