Koronavirus sababli "Krasnodar"ning Xitoy jamoasiga qarshi o'yini bekor qilindi
27 jan 2020 20:37
Yangiliklar
Koronavirus sababli "Krasnodar"ning Xitoy jamoasiga qarshi o'yini bekor qilindi
Rossiyaning "Krasnodar" klubining Xitoyning "Uxan CHjoer" jamosiga qarshi sinov-nazorat o'yini bekor qilindi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, ushbu bahs 10 fevral kuni Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tishi kerak edi. Bahs o'tkazilmasligiga sabab sifatida koronavirus keltirilgan.
Uxan shahri ayni damda koronavirus o'chog'i deb aytilmoqda. Qayd etilishicha, ushbu shaharda 2,8 ming inson kasallangan bo'lishi kutilmoqda.
Fikrlar