Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 100dan ortdi, yana bir erkak vafot etdi
28 mar 2020 10:15
Yangiliklar
Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 100dan ortdi, yana bir erkak vafot etdi
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.
Ayni vaqtgacha mamlakatimizda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.
Ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo'lganlar orasidan aniqlangan. SHuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o'lim holati qayd etildi.
#uydaqoling
#vahimasizkarantin
Fikrlar