So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Koronavirus Info. Koronavirus infekciyasiga chalingan bemorlarni davolash vaqtida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so'm kompensaciya to'lanadi Yangiliklar

Koronavirus Info. Koronavirus infekciyasiga chalingan bemorlarni davolash vaqtida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so'm kompensaciya to'lanadi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Prezident SHavkat Mirziyoev “Koronavirus infekciyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq:

koronavirus infekciyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan;

zararlangan bemorlar joylashtirilgan obektlarda hamda koronavirus infekciyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo'shimcha rag'batlantirish to'lovi belgilandi:

vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so'm;

tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million so'm;

kichik tibbiyot xodimlariga – 10 million so'm;

boshqa xodimlarga – 5 million so'm.


Maxsus to'lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to'lab beriladi.


SHuningdek, koronavirus infekciyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infekciyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so'm;


koronavirus infekciyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infekciyasini yuqtirish natijasida og'ir ahvolga tushgan va sog'lig'i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila azolariga esa 250 million so'm miqdorida bir martalik to'lovlar to'lanadi.

Ushbu to'lovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sog'lig'iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan to'lanadigan to'lovlarni saqlab qolgan holda qo'shimcha ravishda amalga oshiriladi.


SHavkat Mirziyoev koronavirus infekciyasini yuqtirib olgan bemorlar orasida 11 nafar shifokorlar ham borligini malum qildi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Koronavirus Info. Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo'yilmoqda?

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика