Koronavirus Info. Bugundan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun to'xtatildi
27 mar 2020 12:37
Yangiliklar
Koronavirus Info. Bugundan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun to'xtatildi
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.
Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonovning bayonoti:
27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari (engil avtotransport, avtobus, avia va temir yo'l) uchun to'xtatilganligi malum qilinadi. Yuk tashuvchi transport vositalari bundan mustasno.
Yurtdoshlarimizning zarur bo'lmagan hollarda uydan chiqmasliklari, yashash hududlarini tark etmasliklarini so'raymiz.
Yuqoridagi harakatlarning barchasi respublikamiz hududida ushbu xavfli infekciyaning keng tarqalib ketishining oldini olish, har bir fuqaroning salomatligini qatiy muhofaza qilishga qaratilgan
#uydaqoling
#vahimasizkarantin
Fikrlar