Koronavirus Info. 30 martdan O'zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to'xtatiladi
28 mar 2020 21:56
Yangiliklar
Koronavirus Info. 30 martdan O'zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to'xtatiladi
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.
RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning topshirig'iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o'rnatilib, muayyan choralar ko'rilmoqda.
Xususan, 30 mart soat 00:01 dan 20 aprel 00:01 ga qadar O'zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to'xtatiladi.
#uydaqoling
#vahimasizkarantin
Fikrlar