So’nggi yangiliklar

17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  0 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   0 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  22 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   27 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  4 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3

Kontening mustahkam himoyasi Gvardiolaning qo'rqinchli hujumiga qarshi, "Qizil iblislar" esa "burgut ovi"ga chiqishadi. Prevyu Yangiliklar

Kontening mustahkam himoyasi Gvardiolaning qo'rqinchli hujumiga qarshi, "Qizil iblislar" esa "burgut ovi"ga chiqishadi. Prevyu

Teglar :  Prevyu
Bugun Angliyada Premer-liga 7-tur bellashuvlariga start beriladi.


Quyida APLda bugun bo'lib o'tadigan o'yinlarga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 7-tur

"Xaddersfild" – "Tottenxem"

30.09.2017, 16:30

"Gelfarm"

Bosh hakam: Nil Suorbrik (Lankashir).

O'tgan mavsum "Tottenxem" uyda fantastik o'yin namoyish etgan bo'lsa, joriy mavsum aksincha bo'lmoqda. SHu sabab, "Xaddersfild"ga juda qiyin bo'ladi. Kamiga, Pochettino jamoasida ECHLda APOELga qarshi o'ynamagan Eriksen, Alli va Vertongenlar kuch to'plab olishgan. To'g'ri, Kristian Eriksen kasal bo'lib tuzaldi, lekin baribir uning maydonda bo'lishi raqib uchun standartlar daxshatli ko'rinish olishini anglatadi.

Bundan tashqari, "shporlar" hujumchisi Xarri Keyn fantastik formaga kirib olgan. U APL o'tgan turida "Vest Xem"ga ikkita, ECHLda esa APOELga uchta gol urdi. Ayni paytda dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri bo'lib turgan Keynni debyutant jamoaning himoyachilari to'xtatib qolishga qay darajada muvaffaq bo'lishadi, buni vaqt ko'rsatadi.

Qiziq:

- Bugun "Tottenxem" o'z tarixida birinchi marotaba APLda ketma-ket

to'rtta safar o'yinida g'alabani qo'lga kiritishi mumkin;

- "Xaddersfild" bugun Xarri Keyn APLda qarshi o'ynagan 26chi jamoaga aylanadi. SHu kungacha Keyn o'zi qarshi o'ynaganlardan faqat "Kardiff"ga gol ura olmagan.



"Stok Siti" – "Sautgempton"

30.09.2017, 19:00

"Britannia stedium"

Bosh hakam: Maykl Jons (CHester).

"Stok Siti" klubi MYU bilan 2:2 hisobini qayd etgan bahsda juda ko'p kuch yo'qotgan ko'rinadi. O'shandan keyin jamoa ketma-ket uchta mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ana shu uchrashuvlarda "Stok" bor yo'g'i bitta gol urdi.

O'z navbatida "Sautgempton" o'tgan turda MYUga qarshi munosib qarshilik ko'rsatgan, lekin mag'lubiyatdan qutulib qola olmagan edi. Etiborli tomoni, "avliyolar" "Stok Siti" maydonida o'tgan oxirgi 5 o'yinda umuman gol o'tkazib yuborishmagan.

Qiziq:

- "Stok Siti" "Sautgempton"ga qarshi barcha musobaqalarda oxirgi 15ta uy o'yinidan faqat 3tasida g'alaba qozongan (3 g'alaba, 5 durang, 7 mag'lubiyat);

- "Sautgempton" Premer-ligada ketma-ket 4 o'yinda safarda yutqazmadi (2 g'alaba, 2 durang). 



"Manchester Yunayted" – "Kristal Pelas"

30.09.2017, 19:00

"Old Trafford"

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

Bugungi o'yin bilan "Manchester Yunayted" jamoasi 1 hafta ichida uchinchi o'yinini o'tkazadi. Orada CSKA bilan o'yin uchun Moskvaga borib kelinganini inobatga olsak, Mourino shogirdlarida biroz charchoq alomatlari ko'zga tashlanishi mumkin. Kamiga, tarkibda jarohatlar ko'payib qoldi. Ibragimovich, Pogba va Roxo uzoq muddatga safdan chiqqan bo'lsa, Fellayni, Jons, Kerrikda kichik jarohat bor. Bundan tashqari, Antonio Valensiya va Antoni Marsyal ham jarohat olgani aytilmoqda. SHunga qaramay, APL etakchilaridan biri mavsumda hali gol urmagan jamoaga qarshi juda ham qiynalishmasa kerak.

Qiziq:

- "Manchester Yunayted" klubi "Kristal Pelas"ga Premer-ligada umuman yutqazmagan (13 g'alaba, 3 durang);

- Romelu Lukaku (6 o'yinda 6 gol) bugun MYU tarkibida APLda dastlabki 7 o'yindan keyingi ko'rsatkich bo'yicha Endi Koulning rekordini takrorlashi va yangilashi ham mumkin (Koul 7 o'yinda 7 gol).



"Vest Xem" – "Suonsi"

30.09.2017, 19:00

"London stedium"

Bosh hakam: Rodjer Ist (Uiltshir).

"Vest Xem" mavsumni yomon boshladi, lekin huddi shu narsa "Suonsi"ga ham tegishli. Tarkib jihatidan juda kuchli bo'lgan Slaven Bilichning "Vest Xem"i o'ziga kela olmayotgani ko'pchilikni hayron qoldirmoqda. Ehtimol, jamoaga Manuel Lanzini etishmayotgandir. CHunki, jamoada o'yinni boshqaradigan kreativ o'yinchi aynan argentinalik Lanzini.

"Suonsi"da esa jarohatlar bilan bog'liq muammo deyarli yo'q. Lekin, Gulfi Sigurdsson "Everton"ga o'tib ketganidan so'ng jamoa hujumlari "siyraklashdi".

Qiziq:

- "Vest Xem" klubi "Suonsi"ga qarshi APLdagi oxirgi 9ta o'yindan bor yo'g'i bittasini yutqazgan (5 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);

- "Suonsi" APLda mavsumdagi safarda o'tgan dastlabki to'rtta o'yinda gol o'tkazmagan tarixdagi to'rtinchi jamoaga aylanishi mumkin. Oldinroq buni "Manchester Yunayted", "Lester" va "CHelsi" uddalagan. 



"Vest Bromvich" – "Uotford"

30.09.2017, 19:00

"Xautorns"

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

"Vest Bromvich" o'tgan turda "Arsenal"ga yutqazdi (0:2), lekin bugun jamoa uyda "Uotford" bilan o'ynaydi va bu narsa muxlislar ishonchini mustahkamlab olish uchun yaxshi imkoniyat.

"Uotford"da esa "Manchester Siti"dan uchralgan qaqshatqich mag'lubiyat (0:6)ni hisobga olmaganda hammasi yaxshi. "Arilar" joriy mavsum APLda safar o'yinlarining barchasida g'alaba qozongan to'rtta jamoadan biri bo'lib turibdi.

Qiziq:

- "Uotford" dastlabki 6 o'yinda 11 ochko jamg'ardi, bu ularning tarixdagi ikkinchi yaxshi natijasi;

- "Vest Bromvich"ning keyingi mag'lubiyati Premer-ligada 200chisi bo'ladi.



"Bornmut" – "Lester"

30.09.2017, 19:00

"Vitaliti Stedium"

Bosh hakam: Grem Skott (Oksfordshir).

"Bornmut" ayni paytda turnir jadvalining eng quyi qismida joylashgan, lekin oxirgi uchrashuvlarda yomon harakat qilmayotgandek.

"Lester" Premer-ligada safar o'yinlarida juda yomon o'yin o'tkazmoqda. "Tulkilar" oxirgi 24ta safar o'yinida bor yo'g'i 2 bor g'alaba qozonishgan. Mavsum boshidayoq kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushgan SHekspir shogirdlari jadvalda pastlab ketishgan.

Qiziq:

- "Bornmut" Premer-ligada "Lester"ga umuman yutqazmagan (1 g'alaba, 3 durang);

- "Tulkilar" o'zlarining APLdagi eng yomon startlari bo'yicha rekordlarini takrorlashdi (6-turdan keyin 4 ochko).



"CHelsi" – "Manchester Siti"

30.09.2017, 21:30

"Stemford Brij"

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

Turnir jadvalida uchtalikda borayotgan "Manchester Siti" va "CHelsi" to'qnashuvi turning markaziy o'yini hisoblanadi. Gvardiola shogirdlari oxirgi paytlarda raqiblariga qaqshatqich zarbalar berishmoqda. Lekin, tarkibda muammolar paydo bo'lgan. Bugungi o'yinni Kompani va Mendi kabi himoyachilar jarohat sabab o'tkazib yuborishadi. Bundan tashqari, Serxio Aguero Gollandiyada taksida ketayotib avtohalokatga uchrab qovurg'asini sindirib oldi va u ham safdan chiqdi. "Siti" hujumdagi kuchi evaziga g'alaba qozonishi mumkin, jamoaning hujumkor o'yinchilari juda kuchli va Pep hozir aynan ularga tayanmoqda.

"CHelsi"da esa ikkita yo'qotish bor. Himoyaning asosiy boshqaruvchi bo'lib kelayotgan David Luiz "Arsenal" bilan o'yinda olgan qizil kartochka sabab diskvalifikaciyada bo'lsa, Denni Drinkuoterda jarohat bor. Qolganlar soppa-sog' va maydonga tushishga shay. Konte uchun quvonarli holat Eden Azar jarohatdan keyin asta-sekin formaga kirib bormoqda.

Premer-ligada eng kuchli himoya chizig'iga ega bo'lgan "CHelsi" eng kuchli hujum chizig'idan biriga ega bo'lgan "Manchester Siti"ga qarshi uyda ijobiy natija qayd etishi mumkin. O'tgan mavsumda ham Konte jamoasi bugungi raqibini har ikki davrada ham taslim etgan edi. 

Qiziq:

- "CHelsi" o'tgan mavsum "Siti"ni ikki bor enggan (3:1 va 2:1);

- "Ko'klar" "Manchester Siti"ga qarshi oxirgi ettita o'yindan faqat bittasini yutqazishgan (4 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);

- "Man Siti" APLning so'nggi 3 o'yinida 16ta gol urdi va chempionatda ketma-ket 14 uchrashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Angliya premer-ligasi. 7-turni qaysi futbolchilar o'tkazib yuborishadi?

Epl Manager: Bugun 7-tur dedlayni!


Tolibjon Qosimov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика