Konte Gvardiolani mag'lub etish bo'yicha eng yaxshi foiz ko'rsatkichga ega
20 fev 2022 08:30
Yangiliklar
Konte Gvardiolani mag'lub etish bo'yicha eng yaxshi foiz ko'rsatkichga ega
APL 26-turida “Tottenxem” safarda 3:2 hisobida “Man Siti”ni taslim etdi.
Bu Antonio Konte va Pep Gvardiola o'rtasidagi qarama-qarshilikning beshinchisi bo'ldi. Avvalgi 4 o'yin ham APL doirasida o'tgandi. Konte “CHelsi” boshqaruvida 2016/17 yilgi mavsum ikki g'alabani qo'lga kiritgan – 3:1 va 2:1.
2017/18 yilgi mavsum esa Gvardiola muvaffaqiyatga erishgandi – ikkala uchrashuvda 1:0 hisobi.
SHu tariqa, italiyalik mutaxassis Pepni mag'lub etish borasida eng yaxshi foiz (60) ko'rsatkichga ega. Undan keyingi o'rinda esa Yurgen Klopp bormoqda.
Fikrlar