Konte - Eriksen haqida: "Qarorlar jamoa foydasiga chiqariladi, biror futbolchi uchun emas"

Mirjalol Normatov
15 noya 2020, 16:40
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte yarim himoyachi Kristian Eriksen haqida gapirdi.

"Barcha qarorni biror futbolchining tomoniga emas, balki jamoa foydasiga chiqaraman. Futbolchilar jamoaning nomiga doim mos bo'lishi kerak. Ular nafaqat jamoasida, balki xalqaro miqyosida ham raqobatbardosh bo'lishi lozim.

Zamonaviy futbolchi tezkor, kuchli kabi sifatlarni o'z ichiga olishi kerak. "Inter"ga kelayotgan futbolchilardan biz bundan-da ko'prog'ini talab qilishga haqlimiz", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport