Konte: "Barselona"ga qarshi bahs uchun "CHelsi"ning rejasi bor"
20 fev 2018 12:43
Yangiliklar


Konte: "Barselona"ga qarshi bahs uchun "CHelsi"ning rejasi bor"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Bizda reja bor. Bu safar jamoamiz uchun oson bo'lmaydi, formada bo'lib turgan futbolchilarni tanlash va uchrashuv davomida bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. Raqibni yaxshi o'rganib chiqdik va endi qo'limizdan keladiganini amalda ko'rsatishimiz lozim. Boshqa yo'l yo'q. Rejaga amal qilib, imkon bo'lganda hujumga o'tib, gol urishimiz shart.
Bor kuchimizni ishga solib, pressing uyushtirishimiz kerak. Agar g'alaba qozonishni istasak, ideal o'yin o'tkazishimiz lozim va bu biz uchun jiddiy imkoniyat" - deydi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar