Kongo DRda o'tkazilgan ayollar futboli bahsida hakam o'yinchilar tomonidan kaltaklandi
18 fev 2023 20:50
Yangiliklar
Kongo DRda o'tkazilgan ayollar futboli bahsida hakam o'yinchilar tomonidan kaltaklandi
"Motema Pembe" va "Mazembe" o'rtasidagi o'yinda bosh hakam mag'lub jamoa foydasiga qaror qabul qilmagach, keskinlik kuchaydi.
"Motema Pembe" 5:1 hisobida mag'lub bo'layotgandi, raqib jarima maydonchasidagi o'yin qoidasi buzilishidan so'ng hakam jamoa foydasiga penalti belgilamaydi, ushbu qarorga esa futbolchilar noroziligini oshkora bildiradi.
Futbolchilar hakamni quvadi va uni tutib olishgach, kaltaklay boshlagan. Hakam bir nechta zarba qabul qilgach, tunnel tomon qochishga muvaffaq bo'ldi, ammo g'azablangan "Motema Pembe" o'yinchilari uni tunnelga quvishda davom etdi.
Stadion xodimlari hakamga yordam berishga harakat qilishdi, hatto temir idish ko'targan bir futbolchini to'xtatib qolishdi.
GhanaWeb nashri xabariga ko'ra, Kongo futbol associaciyasi voqeaga aloqador bo'lgan o'yinchilarni futboldan chetlatgan va dahshatli voqea yuzasidan tergov boshlangan.
Fikrlar