Kokorin timsoh terisidan tikilgan niqobini ko'rsatdi. U 30 ming rubl turadi
22 iyu 2020 17:02
Yangiliklar


Kokorin timsoh terisidan tikilgan niqobini ko'rsatdi. U 30 ming rubl turadi
"Sochi"da ijara asosidan o'ynayotgan "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin yuz uchun tabiiy timsoh terisidan tikilgan niqob sotib oldi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda. 29500 rubl turadigan niqobdan futbolchida kamida ikkita bor - qora va ko'k.
Niqoblar Moskvadagi yuqori darajadagi atelelardan birida tayyorlanadi. Ishlab chiqaruvchining so'zlariga ko'ra, mahsulot har bir buyurtmachi uchun alohida ishlab chiqariladi.
Niqobda filtr bor. Kokorin bundan tashqari o'ziga maxsus "K.9" yozuvli o'yma naqshni buyurtma qilgan. Niqobdan nafas olish borasidagi savolga javoban Kokorin undagi kichkina teshikchani ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, Kokorin RPL 23-turi doirasidagi "Rostov"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi va professional faoliyatidagi 100-golini urdi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar