Aleksandr Geynrix: "Hakamlar to'siq bo'lmasa, mag'lub bo'lmaymiz. Boshqa gap qolmadi. Vaqti keldi"
04 iyu 17:13
Yangiliklar


Aleksandr Geynrix: "Hakamlar to'siq bo'lmasa, mag'lub bo'lmaymiz. Boshqa gap qolmadi. Vaqti keldi"
Tarix va futbolimiz tarixida burilish yasashi kutilayotgan bahsga hammada turlicha fikrlar uyg'onmoqda.
O'zbekiston milliy terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Aleksandr Geynrix BAAga qarshi hal qiluvchi bellashuv arafasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uning fikricha, agar hakamlar tomonidan adolatsiz qarorlar bo'lmasa, terma jamoamiz yutqazmaydi.
"Agar hakamlar tomonidan adolatsiz qarorlar bo'lmasa, biz mag'lubiyatga uchramaymiz. Lekin natija qanday bo'lishidan qati nazar, o'z uyimizda, o'z xalqimiz oldida, shuncha yillik intizor bo'lib kutgan muxlislarimizga munosib o'yin taqdim etishimiz shart. Boshqa gap qolmadi. Vaqti keldi" — dedi Geynrix.
Malumot uchun BAAga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ангрендир туғилган жойи,
«Пахтакор»ни эркатойи,
Мухлисларнинг ёқимтойи,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Доим кулиб, олға юрган,
Кареяга голлар урган,
Гол урса хам, ютолмаган,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Ватан учун берарди жон,
Билмадилар хеч бир инсон,
Йиғлаб кетган дилда армон,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Эх, Араблар йиғлаб қолган,
Ракибдан хам олқиш олган,
Мухлис кўз ўнгида қолган,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Юртга қайт, Сашажон укам,
Мухлисларинг сенга малхам,
Устозларга қанот бўлиб,
Элга танит, Ўзбекни хам.