Koentrau 2012 yilda pora bergan ekan
19 mar 2017 12:43
Yangiliklar
Futbolchi o'sha paytda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtixonning amaliy qismini yolg'on yo'l bilan topshirish uchun 4 ming evro to'lagan ekan. Koentrauning aytishicha, imtixon oluvchilarning biri to'g'ri javoblarni qo'l harakatlari bilan aytib turgan. "Real" himoyachisi imtixonlarni yordam bilan topshirganini tan oldi.
Portugaliyalikning so'zlariga ko'ra, o'sha paytda u "Real"ga o'tishi kerak edi va Madridda u imtixon topshirishda til borasida muammoga duch kelmaslik uchun o'z yurtida pora bergan.
Sudning qaroriga binoan, Koentrau xayriya fondiga 3 ming evro o'tkazib berishi kerak.
Fikrlar