Klopp "Tottenxem" bilan g'alabali o'yindan so'ng fikr bildirdi
29 jan 2021 08:49
Yangiliklar


Klopp "Tottenxem" bilan g'alabali o'yindan so'ng fikr bildirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men juda xursandman, o'yin ajoyib o'tdi. Bahs kutilganidek kurashlarga boy bo'ldi. Futbolchilar kerakli imkoniyatdan foydalanib, gol kirita olishdi. O'tkazib yuborilgan golni hisobga olmasak, barchasi zo'r bo'ldi.
Bu - haqiqiy biz edik. Ayniqsa ikkinchi taymda. Haqiqiy jang bo'ldi.
"SHporlar" to'pni uzoq vaqt davomida nazorat qilishganini eslay olmadim, ammo shunda ham himoyamiz juda yaxshi ishladi. O'zim uchun o'yindan ko'plab pozitiv lahzalarni oldim", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar