So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Klopp sovrin yutilmaguncha "Enfild" yozuviga tegishni taqiqlagandi. Endi mumkin Yangiliklar

Klopp sovrin yutilmaguncha "Enfild" yozuviga tegishni taqiqlagandi. Endi mumkin

"Liverpul" ishtirokidagi teleefirlarda You'll never walk alone qo'shig'ini tinglaysiz, futbolchi va bolalar chehralari ko'rsatiladi, ammo o'yinchilar maydonga chiqib kelayotganda eng asosiy namoyish etiladigan narsa - This is Anfiel yozuvi.

"Liverpul"ning yangi futbolchilari stadionga ilk bor tashrif buyurganlarida yozuvga qo'l tekkizishadi - bu ananaga aylandi. Avvallari o'yinchilar maydonga chiqishdan oldin yozuvga teginib o'tishgan, ammo Yurgen Klopp jamoaga kelganidan so'ng faqat bir kishi bu ishni qildi - jamoa sardori Jordan Xenderson.


Klopp futbolchilarga yozuvga tegishni taqiqladi va aniq tushuntirdi: "Biror sovrin yutishmaguniga qadar "This is Anfield" yozuviga tegmaslikni so'radim. Bu hurmat belgisi" (bu taqiq Xendersonga aloqador emas, chunki u 2012 yilda Angliya liga Kubogida g'olib bo'lgan).

Ammo yana bir hikoya mavjud:

"Bu erga "Borussiya" bilan kelganimda yozuvga qo'l tekkizganman. Keyin yirik hisobda mag'lub bo'ldik. Biror narsa yutsak, keyin yozuvga qo'l tekkizishga qaror qildim" - deydi nemis mutaxassisi.


Klopp "Liverpul" bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi va taqiq olib tashlandi. "Norvich"ga qarshi APLning birinchi tur uchrashuvida Veynaldum yozuvga qo'l tekkizdi: "Boss sovrin yutmagunimizga qadar yozuvga tegishga ruxsat bermasdi. Vaqti keldi".

Bu yozuvni afsonaviy Bill SHenkli o'rnatgan. U 24 yil turgan, 1998 yilda esa eskisidan umuman farq qilmaydigan yangisi o'rnatildi. Ammo 2012 yilda "Liverpul"ga kelgan Brendan Rojers original variantni qaytarishni talab qildi. SHundan so'ng jamoaga g'oliblik ruxi qaytdi.


APLda chempion bo'lish vaqti keldi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика