Klopp Sanchoning "Liverpul"ga o'tishi haqida fikr bildirdi
04 dek 2019 11:54
Yangiliklar


Klopp Sanchoning "Liverpul"ga o'tishi haqida fikr bildirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning xarid qilinishi haqida fikr bildirdi.
- U yaxshi o'yinchi. Ammo, men bunday gaplarni qaerdan olishlarini tushunmayman.
Agar biz biror-bir futbolchiga qiziqayotgan bo'lsak, buni faqat tor doiradagi odamlar bilishadi va bu tashqariga chiqmaydi. Yo'q, bu mavzuda hech narsa deya olmayman.
Ha, Sanchoning narxi juda ham baland. Bu 100% muammo, - deydi Klopp.
Sanchoning transfer narxi 100-120 million evro turadi. Sancho 2017 yilda "Manchester Siti"dan "Borussiya"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar