Klopp Sanchoning "Liverpul"ga o'tishi haqida fikr bildirdi

Alisher
4 dek 2019, 11:54
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning xarid qilinishi haqida fikr bildirdi.

- U yaxshi o'yinchi. Ammo, men bunday gaplarni qayerdan olishlarini tushunmayman.

Agar biz biror-bir futbolchiga qiziqayotgan bo'lsak, buni faqat tor doiradagi odamlar bilishadi va bu tashqariga chiqmaydi. Yo'q, bu mavzuda hech narsa deya olmayman.

Ha, Sanchoning narxi juda ham baland. Bu 100% muammo, - deydi Klopp.

Sanchoning transfer narxi 100-120 million evro turadi. Sancho 2017 yilda "Manchester Siti"dan "Borussiya"ga o'tgan edi.

Sanchoga bosh da'vogar klub qaysi?

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: goal.com