Klopp: "Odamlar kasalxonada "You’ll Never Walk Alone" qo'shig'ini aytayotganini ko'rib, yig'ladim"
27 mar 2020 20:10
Yangiliklar
Klopp: "Odamlar kasalxonada "You’ll Never Walk Alone" qo'shig'ini aytayotganini ko'rib, yig'ladim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp koronavirusga qarshi kurashayotgan odamlardan minnatdor bo'ldi.
"O'z hissiyotlarimni to'liqligicha ochib bera olmayman. CHunki ingliz tilini unchalik zo'r bilmayman. Kecha odamlar menga kasalxonada yotgan bemorlar baqirib "You’ll Never Walk Alone" qo'shig'ini aytayotganini ko'rib, yig'ladim to'g'risi. Bu ajoyib!
Ular shunchaki ishlashmayapti, ularga to'g'ri yo'nalish berilgan. Ular odamlarga yordam berishga o'rganishgan. Biz esa faqatgina o'z muammolarimiz bilan kurashamiz", - dedi Klopp.
Angliyada bugungi kunga kelib, koronavirus bilan zararlanganlar soni 11 812 nafar insonga etgan. SHulardan 580 nafari hayotdan ko'z yumgan.
Fikrlar