Klopp: “Nima uchun bizni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb atashyotganiga tushunmayapman”
24 fev 2020 09:13
Yangiliklar


Klopp: “Nima uchun bizni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb atashyotganiga tushunmayapman”
Nemis murabbiyi mutaxassislarning “Liverpul” haqidagi fikriga qo'shilmayapti.
“Dunyoning eng yaxshi jamoasi haqidagi gap-so'zlarga unchalik ham qo'shila olmayman. Albatta, bu bizni dunyoning eng yomon jamoasi deb atashganidan yaxshi. Odatda odamlar bunday nomni “Real”, “Barselona” yoki “Manchester Siti” nomi bilan tilga oladi. Bizning jamoa to'g'ri munosabatlar evaziga qurilgan. Biz o'z ishtirokimizga tanqidiy ruhda yondashishimiz kerak. O'zimizni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb hisoblamaymiz”, — deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar