Ana xolos! "Liverpul" Kloppni ortga qaytarishga harakat qilib ko'radi
27 okt 2025 12:06
Yangiliklar
Ana xolos! "Liverpul" Kloppni ortga qaytarishga harakat qilib ko'radi
"Liverpul" o'z natijalaridan xavotirda - Arne Slot jamoasi so'nggi oltita o'yinda beshta mag'lubiyat va bitta g'alabaga erishdi.
"Caught Offside" xabariga ko'ra, Slot hozircha ishdan bo'shatilmaydi. Biroq natijalar yaxshilanmasa, Mersisayd klubi rahbarlari murabbiyni almashtirish variantini ko'rib chiqadi.
Manbaning takidlashicha, agar Slot ketsa, "qizillar" Yurgen Kloppni qaytarishga harakat qilishi mumkin. Germaniyalik mutaxassis yaqinda agar yana Premer-ligada murabbiylik qilsa, faqat "Liverpul"da ishlashini takidlagandi.
Yurgen Klopp "Liverpul"ni 2015 yildan 2024 yilgacha boshqargan. Hozirda u "Red Bull" futbol tizimida ishlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar