Klopp: "Messi? Bizda imkoniyat yo'q"
28 avg 2020 18:26
Yangiliklar
Klopp: "Messi? Bizda imkoniyat yo'q"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Leo Messining mersisaydliklar safiga ko'chib o'tish imkoniyati haqida gapirdi.
"Qiziqish? Ha, Messidek futbolchini qaysi klub tarkibida ko'rishni istamaydi? Biroq "Liverpul"da hech qanday imkoniyat yo'q. Ular so'rayotgan mablag'ni "Liverpul" hech qanaqasiga to'lay olmaydi.
Messi "Manchester Siti"ga yordam berishi mumkin. O'zi ularni mag'lub etish juda qiyin, Messi bo'lsa, bilmadim, "Siti"ni to'xtatib bo'lmasa kerak. U kabi futbolchilar APL mavqesini oshirib yuborishi aniq.
Messini Ispaniyadan boshqa chempionatda ko'rish ham qiziqroq bo'ladi. Angliyada futbol boshqacha o'ynaladi. Biroq ishonamanki, uni boshqa chempionatda ham ko'ramiz", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar