Klopp keyingi mavsumda MYUni kim boshqarishi mumkinligini aytdi
22 fev 2019 21:50
Yangiliklar


Klopp keyingi mavsumda MYUni kim boshqarishi mumkinligini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"da Ole-Gunnar Sulsher qolishiga ishonmoqda.
"U sifatli murabbiy. U muhim vaqtda jamoani qabul qilib oldi. Endi u bosh murabbiy.
Keyingi mavsumda "Yunayted"ni aynan u boshqaradi. Bunga hech qanday shubham yo'q. Bu tushunarli.
Rahbariyatning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring! Siz yangi murabbiy olib kelarmidingiz? Sulsher bu joyga 100 foiz haqli", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar