Klopp Chempionlar ligasida qaysi klub favorit ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 17:46
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.

"To'g'risini aytadigan bo'lsam, bu bosqichda ikkita klub bizga qarshi o'ynashini xohlamadim. Birinchisi - "Borussiya". Agar keyinroq to'qnash kelsak, bu ikkala klub uchun ham yaxshi bo'ladi. Ikkinchisi esa - "Yuventus", chunki ular men uchun turnirning asosiy favoritlari. Ularda katta tajriba bor. Futbolchilarning yoshini hisobga olsak, bu Turin klubi himoyachilari uchun so'nggi imkoniyatdek tasavvur uyg'onadi. Bu yil "Yuventus"ni mag'lub etish juda qiyin bo'ladi.

Boshqa jamoalar bilan hech qanday muammo yo'q, bizga "Bavariya" tushdi. Bu muxlislarimiz uchun yaxshi qur'a deb o'ylayman. Bir yil avval ular bilan mavsumoldi yig'inda to'qnash kelgandik. O'tgan safar liverpullik muxlislar kam edi, biroq bu safar ko'plab ishqibozlar Germaniyaga uchsa kerak. U er juda ajoyib" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia