Klopp: "Bu yarim final edi, "Liverpul" o'z o'rnini yaxshilab oldi"
20 may 2021 08:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638338_original.jpg)
![](/upload/storage/638338_220.jpg)
Klopp: "Bu yarim final edi, "Liverpul" o'z o'rnini yaxshilab oldi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida "Byornli" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu yarim final edi va biz bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi, buni uddaladik. Biz o'z o'rnimizni yaxshilab olib, finalga yo'l oldik. Hali xech narsa hal bo'lgani yo'q. Biz ajoyib o'yin ko'rsatib, g'alabaga loyiq bo'ldik.
"Byornli"ga gol uchun imkoniyat bermaslik kerak, biz o'yin qiyin bo'lishini bilgandik. Ularni 3,5 mingdan ortiq muxlis qo'llab-quvvatladi, futbolda atmosfera juda muhim. Ammo, yigitlar ushbu muammoni ajoyib tarzda hal qilishdi. Xech narsa ularni ishdan chalg'itgani yo'q.
Biz tezda tiklanib olishimiz lozim. Bazi nuqtalarda tanlovim u qadar katta emas.
Oxirgi turda xech narsa kafolatlanmagan. "Kristal Pelas" - kuchli raqib", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar