So’nggi yangiliklar

15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  0 15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  0 15:03Breaking! Абдуқодир Ҳусанов бугун хусусий самолётда Манчестерга учиб боради  15 14:51Постекоглу: "Арсенал" ўйинни назорат қилди, бу нормал ҳолат эмас"  0 14:26"Локомотив" ўртоқлик учрашувида "Хоразм"ни енгди  4 14:03Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнаши маълум  13 14:01"Сурхон" Ўзбекистон МТЖнинг гуруҳдаги рақиби билан ўйнайди  2 13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  4 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  11 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  3 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  2 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  9

Klinsmanning amerikacha orzusi Yangiliklar

Klinsmanning amerikacha orzusi

Gana va AQSH terma jamoalari bir-birini sakkiz yil davomida o'rganishdi.
Hazilmi bu. Qura ularni ketma-ket uchinchi marta mundialda bir-biriga raqib qilmoqda. Statistika afrikaliklar foydasiga: ikki oldingi uchrashuv 2:1 hisobida Gana terma jamoasi foydasiga hal bo'lgan. Janubiy Afrikada ular nimchorak final bahsida duch kelishgan, 2006 yildagi mundialda esa huddi hozirgidek guruh bosqichida. Germaniyadagi jahon chempionatida guruh etakchilari deya Italiya va CHexiya hisoblangan, ammo Gana AQSHni taslim etib chexlarni guruhda qoldirib  yuborgan. O'shanda Gana va AQSH hozirgidek birinchi turda emas, so'nggi turda bahs yuritishgan.  Bugun Portugaliyaga teng raqib bo'lish uchun ilk o'yinni g'alaba bilan yakunlash kerak edi. Klinsman ham huddi shunday reja tuzgan edi. Yurgen finalni ko'zlamayotganini, ammo guruhdan chiqishni xohlayotganini aytgan.



“Uyda bizdan ko'p narsalar kutishmoqda. Biz yana bir bor Jahon kubogida uzoqqa borishga qodirligimizni isbotlamoqchimiz. Hozirda bizni guruh autsayderi deb hisoblashyapti va bu juda yaxshi. AQSHda o'ch olish uchun imkoniyat bo'ladi, chunki jamoamiz ularni 2006 yil va 2010 yilda mag'lub etishgan. Qiziq bo'lishiga kafolat beraman”, – deydi o'yindan oldin ganaliklar himoyachisi Jonatan Mensa. Jamoalar ancha yoshartirilgan, lekin oldingi turnirlardagi o'zaro uchrashuvlar unutilmagani aniq. Jahon chempionatida tarix bilan bog'liq qitalararo uchrashuvlar kam va shunisi yagona bo'lsa kerak. Bu malumot esa o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi.

Bu uchrashuv revansh uchun ajoyib imkoniyat. O'yin boshlanishi bilan AQSH hisobda oldinga chiqib oldi. Jamoa etakchisi Dempsi hammasini o'zi bajardi. CHap qanotdan hujumga o'tgan futbolchi, jarima maydonchasiga kiradi, Muntarini aldab o'tgandan so'ng, chap oyoq bilan  to'pga zarba beradi va to'p ustunga tegib darvozaga kirib ketadi. Bu Braziliyadagi mundialda eng tez gol bo'ldi. Amerikaliklar hujumni davom ettirishdi, Altidor o'girilib bergan zarbani Mensa qaytarib qoladi. “Qora yulduzlar” maydon markazida ko'p ushlanib qolishadi, ammo vaqti-vaqti bilan Gyan raqib darvozasiga xavf solib turadi.



Birinchi bo'limda Altidor belining yuqori qismidan jarohat oladi va maydonni tark etadi. Klinsman esa Donovanni eslagani aniq, agar uni mundialga olib kelganida, jarohat olgan futbolchini almashtirib hujumkor futbolni davom ettirgan bo'lar edi. Yurgen Aron Yoxanssonni maydonga tushiradi, ammo uning darajasi Altidornikidan ancha farq qilardi.

Yakkama-yakka janglar ko'p bo'ldi. Taqdir AQSHga yana bir qaqshatkich zarba beradi: ikkinchi bo'limda jarohat tufayli himoyachi Mett Besler maydonga chiqmadi. Bunday yo'qotishlardan so'ng himoya sustlashib, o'yin tashkil qilish qiyinlashishi aniq edi.

Ganaliklar ikkinchi bo'limni raqib maydonida o'tkazishdi. Ular gol urish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Gyan bir safar himoyachilardan qochib keta oldi, ammo undan van Persi chiqmadi – zarba darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Muntari ham yaxshi zarba berdi, ammo aniq bo'lmadi.

AQSH bir qancha vaqtga raqiblarni o'z darvozasidan uzoqlashtirishga erishishdi, ammo biroz tanaffus qilib olgan afrikaliklar baribir gol urishdi. Gyan Andre Ayyuga chiroyli tarzda to'pni etkazib beradi va hujumchi nishonda adashmaydi.

“Qora yulduzlar”ning so'nggi hujumi uchun vaqt keldi deb o'ylaysizmi? Aksincha. Butun bo'lim davomida himoyalangan amerikaliklar burchak to'pi ishlab olishadi. Besler o'rniga maydonga tushgan Jon Bruks, hujum qahramoniga aylanadi. Zusining to'p oshirishini himoyachi golga aylantiradi.

AQSH o'z o'chini oldi va Yurgen Klinsman jonajon Germaniyasiga qarshi chiqadi. Germaniya AQSH uchrashuvi so'nggi turga belgilangan. Amerikaliklar ikkinchi turda Portugaliya bilan bahs yuritishadi va bu o'yin ikkala jamoa uchun muhimligi aniq.

Jasur Aslanov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика