Klinsmann: “Ispaniyaning raqiblari tarkibda Puyol, Ramos yo'qligini ko'rib, g'alaba uchun imkon borligi his qiladi”
20 iyu 2021 20:35
Yangiliklar
Klinsmann: “Ispaniyaning raqiblari tarkibda Puyol, Ramos yo'qligini ko'rib, g'alaba uchun imkon borligi his qiladi”
Germaniya termasi sobiq ustozi Yurgen Klinsmann Ispaniya TJning Evro-2020'dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
“Futbol hali hamon jismoniy kurashlar orqali yuzaga keladi. Karles Puyol, Serji Buskets yoki Serxio Ramos sizda qo'rquvni kuchaytiradi, maydonda haqiqiy jang bo'lishini tushunasiz.
Hozirgi tarkibda o'yinni o'qiy oladigan texnikaviy ko'plab futbolchilar bor, ammo ular raqiblarni cho'chitmaydi. Boshqa jamoa maydonga tushib, Puyol ham Ramos ham yo'qligini ko'rsa, g'alaba qozonish uchun imkon borligini his etadi.
Ispaniya ayni vaqt o'tish bosqichida va Slovakiya hech bo'lmaganda durang uchun harakat qiladi. Ispaniyaning 20 yil davomida erishgan hurmati biroz pasaygandek”, deydi Klinsmann.
Fikrlar