Klaudio Raneri SHomurodovning holati bo'yicha malumot berdi
23 fev 22:09
Yangiliklar
Klaudio Raneri SHomurodovning holati bo'yicha malumot berdi
Murabbiy Eldorning tiklanish jarayoni bir maromda ketayotganini aytdi.
"Kalyari" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Undan jamoa hujumchisi Eldor SHomurodovning hozirgi holati haqida so'rashdi.
"SHomurodov qayta tiklanish jarayonini amalga oshirmoqda. Hozircha u umumiy guruhda emas, yakka tartibda mashg'ulot o'tkazmoqda", -deydi Klaudio Raneri.
Malumot uchun, SHomurodov 2 oy oldini jarohat olgandi. Hujumchi Qatardagi Osiyo kubogini ham jarohati sabab o'tkazib yuborgandi.
Fikrlar
Ҳужумчимиз 2 ойлик танаффусдан сўнг яна майдонга тушиши мумкин. «Кальяри» ҳужумчиси А Серия навбатдаги тури доирасида амалдаги чемпион «Наполи»га қарши ўтадиган якшанба кунги ўйинда майдонга қайтиши мумкин.
Эслатиб ўтамиз, Шомуродов жароҳат сабабли Осиё кубогини ўтказиб юборганди.
Манба : championat.asia