Klaudio Raneri Shomurodovning holati bo'yicha ma'lumot berdi

Administrator
23 fev 2024, 22:09
Murabbiy Eldorning tiklanish jarayoni bir maromda ketayotganini aytdi.

"Kalyari" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Undan jamoa hujumchisi Eldor Shomurodovning hozirgi holati haqida so'rashdi.

"Shomurodov qayta tiklanish jarayonini amalga oshirmoqda. Hozircha u umumiy guruhda emas, yakka tartibda mashg'ulot o'tkazmoqda", -deydi Klaudio Raneri.

Ma'lumot uchun, Shomurodov 2 oy oldini jarohat olgandi. Hujumchi Qatardagi Osiyo kubogini ham jarohati sabab o'tkazib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: napolimagazine.com