Klaudio Raneri: "Roma"ga qanday yordam berish mumkinligi haqida o'ylagan holda, kuniga 25 soat ishlayman"
02 apr 2019 23:40
Yangiliklar


Klaudio Raneri: "Roma"ga qanday yordam berish mumkinligi haqida o'ylagan holda, kuniga 25 soat ishlayman"
"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Fiorentina" jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik haqida o'z fikrini bildirdi.
"Umid qilamanki, so'nggi mag'lubiyatlarimiz (Rimliklar SPAL va "Napoli"ga imkoniyatni boy berishgan) bizga turtki beradi. Bu haqda o'ylashimiz zarur. Florenciyada uzoq masofaga to'p uzatishdan keyin raqibni o'tkazib yubordik. "Fiorentina" bu borada yaxshi ko'rsatkichlarga ega.
Ular tez-tez har qanday raqibga karshi ushbu taktikani qo'llab turishadi. Ehtiyotkor bo'lishimiz shart va himoyani yorib o'tishiga imkoniyat bermasligimiz kerak. "Roma"ga qanday yordam berish mumkinligi haqida o'ylagan holda, kuniga 25 soat ishlayman. Bu oson emas, lekin harakat qilaman. Hammasini aniq tahlil qilaman: o'yinchilar, chizmalarimiz va raqiblar", - deydi Raneri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar