So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

"Andijon" yangi azosi Abinur Nurimbet: "Kelajakda Qozog'iston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushishni istayman" Yangiliklar

"Andijon" yangi azosi Abinur Nurimbet: "Kelajakda Qozog'iston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushishni istayman"

Yaqinda qozog'istonlik 19 yoshli iqtidor egasi Abinur Nurimbet "Andijon" klubi bilan shartnoma imzoladi va ilk bor O'zbekiston Superligasida faoliyat olib boradi.

Futbolchi ushbu yangi chaqiruvni ijobiy qabul qildi va o'zini ko'rsatishga tayyor. Klub matbuot xizmati u bilan intervyu uyurtirdi va bir qator savollarga javob oldi.

- Abinur, "Andijon" klubiga xush kelibsiz. Hammasi qanday sodir bo'ldi?

- "Gomel"dan keyin uyim – Tarazda bo'ldim. Universitetdagi o'qish masalasi bilan shug'ullanayotgandim. Keyinchalik shartnoma imzolash imkoniyati bilan "Andijon" yig'inlarida qatnashish taklifi kelib qoldi.



- Bir necha kundan beri klubning yozgi yig'inida ishtirok etyapsiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?

- Jamoadagi muhit yaxshi, meni iliq qabul qilishdi, hammasi zo'r ketyapti.

- Sizni "Qozog'istonning Arda Gyuleri" deb atashmoqda. Bu taqqoslash sizga yoqadimi?

- Gyuler bilan taqqoslashlari haqida bilmayman. Qolaversa, u chapaqay, men esa o'ngaqayman.

- Bungacha "Andijon" jamoasi haqida nimalarni bilardingiz?

- O'yinlar sharhini ko'rdim. Har qalay, u erda Belurusdagi sobiq jamoadoshim Rustam to'p tepadi. U menga muxlislar qattiq qo'llab-quvvatlashini takidlab o'tdi. CHindan ham ishqibozlarning tribunadagi zo'r qo'llab-quvvatlashlarini sezdim.



- Darvoqe, o'zingiz uchun raqam tanladingizmi?

- Hozircha tanlaganim yo'q.

- Oldin Belarus chemponatida Rustam Turdimurodov bilan birga o'ynagansiz. Endi u bilan yana bir jamoadasiz. Buni kutganmidingiz?

- Agarda rostini aytsam, hammasi bunchalik tez ro'y berishini sira kutmagandim. Mavsum boshida butun mavsumni "Gomel"da o'tkazishni rejalashtirgan edim.

- O'z oldingizga qanday maqsad qo'ydingiz?

- Hozir butun diqqat-etiborim "Andijon" maqsadlariga qaratilgan, rahbarlar, jamoa murabbiylari qo'yayotgan maqsadlarga etibor qaratganman. Kelajakda esa albatta Qozog'iston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushishni istayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика