"Fiorentina" yarim himoyachi Andrea Kolpanini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyul 2024, 14:22
"Fiorentina" rahbariyati "Monca" rahbarlari bilan Andrea Kolpani transferini muhokama qilish uchun uchrashgan.

Janluka Di Marcioning xabar berishicha, uchrashuvda florenciyaliklar 25 yoshli yarim himoyachiga qiziqishlari jiddiyligini ma'lum qilishgan. Shuningdek, har ikki klub keyingi hafta transfer detallarini kelishib olish uchun ko'rishish haqida kelishib olishgan. 

Transfer summasi taxminan 15 million evro + bonuslarni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Жанлука Ди Марцио