So’nggi yangiliklar

18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   0 17:47Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт (матнли трансляция)  7 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчисини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  3 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  4 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7 14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  19 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  2 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  8 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  5 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  5

Bahrom Haydarov: "Qolgan jamoalar ham uxlayotgani yo'q. Ikkinchi davrada kamida 30 ochko to'plashimiz kerak" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Qolgan jamoalar ham uxlayotgani yo'q. Ikkinchi davrada kamida 30 ochko to'plashimiz kerak"

Superliga jamoalari bilan bir qatorda Pro liga klublari ham tayyorgarlikni olib bormoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasi kecha nazorat uchrashuvida "Paxtakor" bilan bellashdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Bahrom Haydarov tarkibdagi o'zgarishlar va taraddud jarayonlari haqida to'xtalib o'tdi. 


-  Dastlab yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan boshlasak...

- Birinchi davrani yakunlashimiz biz uchun biroz qiyinchilik tug'dirdi. 2-3 ta o'yin omadsiz kelgani uchun yigitlar ruhan tushkunlikka tushib qoldi. Ikkinchi davra boshlanguniga qadar vaqtimiz bor. Xatolarni tuzatishga harakat qilyapmiz, tarkibda o'zgarishlar bor. Birinchi davrada mahoratli futbolchilar etishmadi. Yig'inlarga kelsak, 1-2 xafta tog'da jismoniy holatimizni yaxshilash ustida ishladik. 2 kun avval maydonga qaytdik. Birinchi nazorat uchrashuvimiz "Paxtakor"ga qarshi bo'ldi. Umuman olganda ilk taassurotlarimiz yomonmas. Mag'lubiyatga uchrash achinarli. Lekin o'yinimizda o'zgarish bo'ldi. 

- SHota Gvazava, Husniddin G'ofurov, Azamat Soyibov kabi yangi nomlar yig'inda qatnashmoqda. Tarkibda yana qanday o'zgarishlar bor?

- Himoyamizni kuchaytirishimiz kerak. Gvazava tajribali futbolchi. U tayanch zonamizda harakat qiladi va shartnoma tuzib bo'lganmiz. "Nasaf" tarbiyalanuvchisi Egor Ukraina fuqarosi, yaxshi taassurot qoldirdi. Islom Abdullaev kichik jarohat olgani uchun darvozabon ham olish ehtiyoji paydo bo'ldi. Hozircha faqat SHota Gvazava bilan shartnoma imzoladik 

- "Qo'qon-1912" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Ikkinchi davrada jamoada nimani o'zgartirish kerak?

- Albatta, xatolarimiz ko'p bo'ldi. Hamma aybni omadsizlikka ham to'nkab qo'yish kerakmas. Ko'p gol o'tkazib yuborganmiz. Mudofaa chizig'ida muammolarimiz ko'zga tashlanib qoldi. Vaziyatlardan foydalana olmaslik ko'p jamoalarning kasalligi hisoblanadi. Iloji bo'lsa goleador yoki legioner hujumchi olishni reja qilganmiz. Oldimizdagi vazifamiz turibdi. 7-8ta turda etakchilarga etib olamiz. 

- Ikkinchi davrada natijalar qanday bo'lishini kutyapsiz? Jamoa taxminan qancha ochko to'plashi kerak?

- 14 ta o'yinni hammasini yutishni istaymiz. Kamida 30 ochko to'plasak yaxshi natijaga erishgan bo'lamiz. Lekin qolgan jamoalar ham uxlab yotgani yo'q. Yaxshi tayyorgarlik ko'rishyapti. Oxirigacha kurashamiz. Mavsum oxirida muxlislarni xursand qilamiz va Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика