Kimpembe uch o'yinga diskvalifikaciya qilindi
12 may 2021 09:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636441_original.jpg)
![](/upload/storage/636441_220.jpg)
Kimpembe uch o'yinga diskvalifikaciya qilindi
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe Franciya chempionati 36-tur doirasidagi "Renn" (1:1)ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi.
Futbolchi Jeremi Dokuga qarshi jiddiy qo'polligidan so'ng 87-daqiqada chetlatildi. Presnel maydonni tark eta turib, "Renn" futbolchilarini haqoratladi.
L'Equipe malumotiga ko'ra, u "3ta o'yinga diskvalifikaciya+bitta o'yinga shartli ravishda" ko'rishida diskvalifikaciya oldi.
SHunday ekan Kimpembe "Monpele"ga qarshi Franciya Kubogi yarim finalini, shuningdek Franciya chempionatidagi qolgan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar