Kimmix jarohat oldi, endi u 2 oy maydonga tusha olmasligi mumkin
08 noy 2020 08:49
Yangiliklar
Kimmix jarohat oldi, endi u 2 oy maydonga tusha olmasligi mumkin
Myunxen klubi azosi jarohatga yo'liqdi.
“Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix “Borussiya D”ga qarshi bahsda (3:2) tizzasidan jarohat oldi. Futbolchi 36-daqiqada o'z o'rnini Korenten Tolissoga bo'shatib berishga majbur bo'ldi. Qayd etilishicha, Kimmixning safga qaytishi uchun 8 hafta kerak bo'ladi.
25 yoshli Yozua joriy mavsum “Bavariya” safida 11 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar