“Kim u?”. Anchelotti 11 yildan so'ng klubni tark etgan “Everton” futbolchisini tanimadi
30 iyu 2020 21:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/577948_original.jpg)
![](/upload/storage/577948_220.jpg)
“Kim u?”. Anchelotti 11 yildan so'ng klubni tark etgan “Everton” futbolchisini tanimadi
“Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 11 yildan buyon klubga tegishli bo'lgan va bugun, 30 iyun kuni shartnomasi tugagani bois jamoani tark etgan himoyachi Lyuk Garbattni tanimasligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis Merisisayd klubini o'tgan yilning dekabrida qabul qilib oldi. 27 yoshli Garbatt esa joriy mavsumni “Ipsvich Taun”da ijarada o'tkazdi.
Jurnalist:
-11 yillik faoliyatidan keyin klubni tark etayotgan Lyuk Garbatt haqida biron nima aytmoqchimisiz? Nega u bilan xayrlashishga qaror qildingiz?
Anchelotti esa unga: “Kim? Kechirasiz, bu savoldan hayronman. Buni bilmayman”, deya javob qilgan.
Malumot o'rnida, Garbatt mersisaydliklar libosida 12ta o'yin o'tkazib, bitta assistni o'z hisobiga yozdirgan edi. U 2009 yil “Lids”dan “Everton”ga o'tgan va asosiy faoliyatini ijarada o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar