

Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi va "Chelsi" bilan oradagi farqni anchagina qisqartirib oldi. Liam Rosenor shogirdlari esa 4-o'ringacha chiqib olish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.
Qayd etish kerak, London jamoasi APLda so'nggi 4 o'yinning 3tasida yutqazdi. Shuningdek, so'nggi 6 o'yinda faqatgina bir marta g'alabaga erishdi.
"Everton" - "Chelsi" 3:0
Gollar: Betu (33, 62), Ndiay (76)
"Everton": Pikford - O'Brayen, Tarkovski, Kin, Mikolenko - Garner, Geye - Maknil (Brantueyt, 78), Dyusberi-Xoll (Ayrogbunam, 90), Ndiay (Rel, 90) - Betu (Barri, 81)
"Chelsi": Sanches - Gyusto (Garnacho, 46), Fofana, Xato, Kukurelya - Laviya (Santos, 57), Kaysedo (Adarabioyo, 78) - Palmer, Fernandes, Netu (Estevao, 70) - Pedro (Delap, 78)
Ogohlantirish: Garnacho (69), Fofana (87)

21 mar 2026, 22:30
Everton — Chelsea

3 – 0
Tugadi




