APL. "Aston Villa" o'z uyida "Everton"ga mag'lub bo'ldi va ikkinchi o'ringa chiqib olish imkoniyatini boy berdi

Alisher Ostonov
19 yanv 2026, 00:13
APL 22-tur doirasidagi "Aston Villa" - "Everton" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yin taqdirini Terno Barrining 59-daqiqada kiritgan goli hal qildi. 

"Aston Villa" ushbu o'yinda ochko ishlagan taqdirda "Manchester Siti"dan o'tib, ikkinchi o'rinni band qilardi. Ammo, jamoa mag'lubiyatga uchradi va 22 turdan so'ng 43 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda, "shaharliklar" ham shuncha ochkoga ega. Birinchi o'rinni 50 ochko bilan "Arsenal" band etib turibdi.





O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia