Kilian Mbappe PSJni yangi futbolchilar sotib olishga undadi
07 sen 2020 15:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590960_original.jpg)
![](/upload/storage/590960_220.jpg)
Kilian Mbappe PSJni yangi futbolchilar sotib olishga undadi
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe klub CHempionlar Ligasini yutish uchun yangi o'yinchilarni xarid qilish kerakligini aytdi.
"Albatta, biz CHempionlar Ligasini yutishimizga ishonch bilan qarayman. Biz bunga ishonishimiz kerak, sababi agar biz bunga ishonmasak, hech kim bizga ishonmaydi. Bu futbol va sen ham shu bilan yashashing kerak.
Ko'plab jamoalar finalni boy berganlar va bir yildan so'ng g'olib chiqishgan. PSJ shubhasiz bu finalga qadar o'sdi. Oldinlari biz faqatgina chorak finalga qadar borgan bo'lsak, endi bu to'siqni olib tashladik. Biz yangi futbolchilarni xarid qilishimiz kerak.
Umid qilamanki, bizda yaxshi yangi o'yinchilar bo'ladi va yangi mavsumda ko'proq narsaga erisha olamiz", - deydi Mbappe.
Eslatib ztamiz, PSJ CHL 2019/20 yilgi mavsum finalida "Bavariya"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar