So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  2 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  3 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  4 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  17

Kichik futbol Katta Asrga kirib keldi! Yangiliklar

Kichik futbol Katta Asrga kirib keldi!

Teglar :  Futzal
Ushbu maqolada biz vaqtinchalik katta futbol mavzusini chetga surib turgan holda, bor diqqat-etiborimizni futzalga qaratamiz va futzalni chuqur tahlil qilamiz, zero uning porloq davri keldi va biz ulkan natijaga erishdik – mamlakatimiz futzal jamoasi Jahon chempionatida debyut qildi.

Futzalga nazar solganimizning yana bir sababi bor. Tez kunda, aniqrog'i 24 oktyabr sanasida mamlakatimizda futzalning yangi mavsumi boshlanadi. SHu kuni O'zbekiston Futzal Associaciyasi Kubogi bahslariga start beriladi. Musobaqada respublikaning 20ta jamoasi ishtirok etadi – Oliy Liga jamoalari bilan birga havaskor jamoalarni ham musobaqada ko'rish mumkin bo'ladi. Mana buni haqiqiy demokratiya deb atasa bo'ladi! Ammo bu haqda biroz keyinroq...

Biz bugun futzal terma jamoasi haqida ham doston bitmoqchi emasmiz. Biz eng konservativ dunyoqarashga ega bo'lgan va futbol bilan yashaydigan muxlisga mini-futbol o'zi nima ekanini tushuntirishga harakat qilamiz. Jahon bo'ylab nima uchun aynan futzalga bunchalik katta etibor qaratilayotgani haqidagi savolga ham javob izlab ko'ramiz. Odatdagidek, muallifning uslubiga muvofiq, maqolamizni bir necha sahifaga ajratgan xolda, o'quvchilarimizga havola etamiz. Demak, boshladik!

I. Afsonalar va oldindan paydo bo'lgan fikrlar

Diqqatimizni birinchi navbatda futzal sport turini umuman tan olmaydigan va unga futbolning “kichik ukasi” sifatida qaraydigan odamlarga qaratamiz. Bunday odamlar talaygina topiladi va ular qatorida futbolda faoliyat olib boradigan mutaxassislar ham bor. Biz jonimizni jabborga berib futzal futboldan ustun degan fikrni ilgari surmoqchi emasmiz. Aksincha, maksimal xolislikni saqlagan holda yopiq inshootlarda o'ynaladigan sport turini tahlil qilib chiqamiz.

Futzal to'g'risidagi eng ko'p tarqalgan noto'g'ri fikrlar
(Avval ularni sanab o'tamiz, keyin izoh beramiz)

1. Bu o'yin futbolga naf keltirmaydi: futzaldan futbolga o'tib ketgan sportchilar deyarli topilmaydi. Teskarisini esa, ko'rish mumkin: ko'pchilik futbolchilar faoliyati yakunida futzal klublariga o'tib ketadi, negaki u erda deyarli ter to'kish shart emas. 35-40 yoshda ham futbolda to'plangan tajriba evaziga futzalda yuqori darajadagi o'yinni namoyish etsa bo'ladi.

2. Futzaldagi sharoitlar, unga kerak bo'lgan sport anjomlari va o'yin qoidalari futbolniki bilan keskin farq qiladi. Bazida esa, futzal to'plari sport majmualarida mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'lgan futbolchilarga jarohat etkazadi. Sportchilarning texnik tayyorgarligiga putur etadi, inson organizmi boshqacha to'p va qoplamada o'zgacha ishlaydi.

3. Sportchilarning 800 kvadrat metrga teng (maydon 40x20m o'lchamga ega) kichik maydonda fikr yuritish darajasi ancha cheklangan. Deyarli bir gektarga teng maydonda o'ynaladigan futbolda esa, sportchilarning maydonni ko'rish qobiliyati ancha yuqori bo'ladi.

4. Psixologik jihat. O'yin kam vaqt mobaynida davom etadi. Sportchi o'yinga to'ymaydi va bundan qoniqish xosil qilmaydi.

SHu fikrlarning o'ziyoq hali ikkilanib turgan inson uchun etarli. Ayniqsa, bu “to'g'ri” fikrlar obro'li mutaxassis tomonidan aytilganda, biz ko'plab iqtidor egalarini yo'qotamiz. Ko'pincha, bunday xolatlarda maqsad juda oddiy bo'ladi – sportchini futboldan futzalga o'tishiga yo'l qo'ymaslik! Bor yo'g'i shu. Va bunga qo'shimcha tariqasida mutaxassisning mini-futbolning barcha turiga - futzal, plyaj futboli va ochiq maydondagi kichik futbolga bo'lgan salbiy munosabatini aytib o'tsa bo'ladi.

II. Savollarga javoblar

Ko'rsatilgan 4ta band bo'yicha miflarni yo'qotishga harakat qilamiz. Balkim, bazi insonlarni o'sha konservativ va salbiy qarashlarini ham o'zgartira olarmiz, kim biladi deysiz. Muallif futzal xaloskori rolini o'ynamoqchi emas, ammo o'sha salbiy fikrni biroz bo'lsa-da o'zgartira olsak va futzalning ijobiy tomonlarini ko'rsata olsak – katta yutuqqa erishgan bo'lamiz. Demak, davom etamiz!

1. Futboli eng rivojlangan davlatlar ko'p yillar davomida futzalni rivojlantirish bilan cheklanmayapti, ular futzalning ichida faoliyat yuritishyapti. Bolalar va o'smirlar 14-15 yoshgacha futzal va futbol o'ynashadi. Qishda ular mahoratlarini yopiq sport inshootlarda, yozda esa futbol maydonlarida oshirib borishadi. Voyaga etgunga qadar har bir o'smir o'z yo'lini o'zi tanlaydi, xoh u futbol bo'lsin, xoh futzal. Bugun biz futzal o'ynab, ajoyib futbolchilarga aylangan Messi, Robino, Ronaldino kabi ko'plab dunyo yulduzlarini bilamiz. Ana endi taqqoslab ko'ring-chi!

Futzalga ko'pincha futbol faxriylari o'tib ketadi. Nima uchun? Faoliyatini yakunlash uchun. Futbolga zallardan ko'plab o'smirlar keladi. Nima uchun? Kuchli o'yin namoyish etib, ko'p yillar mobaynida faoliyat olib borish uchun!

Farqni sezyapsizmi? Foizini hisoblash ham esingizdan chiqmasin. Nechta sobiq futbolchilar futzalda katta yutuqlarga erishgan? Bundaylar sanoqli. Endi buning aksini olaylik - futzalga qadam qo'yib, futbolda yorqin va katta yutuqlarga erishgan yosh futbolchilarning soni nechta? Sanashning foydasi yo'q, chunki bunday futbolchilar sanoqsiz.

2. Futzalda to'plangan mahoratni sportchilar muvaffaqiyatli tarzda futbolda qo'llaydi. Yosh o'yinchilarning texnikasi shakllangan bo'ladi, chunki ular kichik maydonlarda moslashishga ancha qiyin bo'lgan futzal to'plari bilan muomalada bo'ladi. Futzal to'plari futbolnikidan ancha farq qiladi. Futbol to'plarining o'lchami 5 raqamiga teng bo'lsa, futzal o'ynash uchun 4-raqamli to'plar kerak bo'ladi. Ushbu kichik to'plar deyarli sakramaydi, aylanma zarbalarga deyarli bo'ysunmaydi va ko'pincha to'g'ri uchadi. Ushbu to'plardan so'ng, futbol to'plarida o'ynash anchagina yoqimli bo'ladi. SHu tariqa, futzal to'plari texnikani shakllantirish va uni rivojlantirishga juda qulay.

3. Futzal o'yinchisining fikr yuritish qobiliyati ancha tezlashadi, bunga uni kichik maydon o'rgatadi va majbur qiladi. Tezkor fikrlash o'yin davomida ko'p kerak bo'ladi. Bunga sabab qilib esa, yana o'sha maydonning hajmini ko'rsatib o'tsak bo'ladi, chunki kichik maydonda raqib darvozasiga qadar masofa ancha kam va darvozabondan tashqari yana 4ta o'yinchini dog'da qoldirish uchun imkoniyatlar ancha cheklangan. Buni amalga oshirish uchun esa sportchilarga tezkorlik kerak - ham harakatda, ham fikrlashda. Futzalda har bir xato qimmatga tushishi mumkin. Masalan, futbol maydonini o'rtasida siz to'pni raqibga oldirib qo'ysangiz, sizning darvozangizga qadar yana 50 metr masofa bo'ladi va himoyachilar sizning xatoingizni to'g'rilashga ulgurishi mumkin. Futzalda esa bunday imkoniyatning o'zi yo'q. SHu sababli ham futzal murabbiylari ko'pincha eng tezkor, texnik mahorati yuqori bo'lgan futzalchilar bilan birga, masuliyatni his qiladigan o'yinchilarga ishonch bildirishadi. Bunday o'yinchilar xatoga yo'l qo'ygan xolatlarda uni to'g'rilashga harakat qilishadi.

4. Futzalning yana bir katta plyusiga etiborni qarataylik. Ushbu sport turida tarkibda kuchli raqobat bo'ladi. O'yin qaydnomasiga kiritilgan 14ta futzalchidan ko'p xolatlarda 2ta to'rtlik harakat qiladi. Futzalda har safar boshlang'ich to'rtlik bo'ladi va yana mahorat bobida asosiy to'rtlikka yaqin bo'lgan 1-2 futzalchi gohida o'yinning 50 foizi va undan ko'pini maydonda o'tkazadi. Ushbu holatda raqobatchilik foizi futbolnikidan oshadi. Masalan, futboldagi asosiy tarkibda tushadigan 11/18 ko'rsatkichi 61 foiz degani, futzaldagi barchadan ko'p o'ynaydigan 14tadan 6ta sportchi esa bor yo'g'i 42 foiz degani. Yani, tarkibdagi raqobat futbolnikidan kuchliroq.

Bunday sinovga hamma ham bardosh bera olmaydi, faqatgina irodasi kuchli o'yinchilargina bu sinovdan o'ta oladi. Bu erda gap professional darajadagi futzal to'g'risida ketyapti. Axir biz bir marotaba Jahon chempionatida ishtirok etib, yo'limizdan qolishimiz kerak emas, shunday emasmi? Demak, biz kuchli professionallarni tayyorlashimiz kerak. Bizda bunga imkoniyat ham qobiliyatli o'yinchilar ham topiladi.



III. Pauza va anons

O'quvchini katta xajmdagi maqola bilan qiynab qo'ymaslik uchun, muallif uni bir necha qismga bo'ladi. Bugun biz futzalni futbol fonida ko'rsatib berishga harakat qildik va unga bo'lgan etibor to'g'risida gapirdik. Bizning eng to'g'ri yo'l II bobning birinchi qismida keltirilgan.

Maqolani yakunlashdan oldin yana bir jihatda to'xtalib o'tamiz. Agar futzal o'ynash uchun jismoniy noqulayliklar, mushaklarning boshqacha ishlashi xalaqit bersa, buning echimini topish juda oson. Maslahatimiz – oyoq kiyimga etibor qarating.

Zalda futbol o'ynash uchun maxsus butsilar yoki kedalar bor. Ularning tagcharmi mustahkam bo'lib, tovon tarafi qalinroq bo'ladi. Ushbu oyoq kiyimda siz mushaklaringizga qo'shimcha bosim bermaysiz va ularni to'g'ri ishlashiga yordam berasiz.

Agarda siz to'p surayotgan sport inshootida harorat sovuq bo'lsa, sizga isituvchi mazlar kerak. Ular sizni ko'p jarohatlardan saqlaydi. Havo harorati juda ham sovuq bo'lsa, sizga oddiy ko'chada buvijonlar sotadigan junli pataklar yordam beradi. Ularni oyoq kiyimingiz ichiga joylashtirib oyoq va tovonlaringizni maz bilan sursangiz, siz o'yin davomida o'zingizni juda ham qulay tarzda his qilasiz.

Ishonmasangiz, professional futzalchilardan so'rang!

---

Butun dunyoda futbolga qiziquvchilarning soni futzalga qiziquvchilar sonidan ancha ko'p. Har doim shunday bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Ammo futzal bugungi holatida yanada ko'proq etiborga loyiq. Bu haqiqatdan ham KATTA o'yin. Agar biz farzandlarimizni yoshligidan futzal to'garaklariga berib boshlasak, futzal futbolga juda katta foyda keltirishi mumkin. Barcha bolakay va qizaloqlarni futzalga chorlaylik. Bu haqda esa keyingi qismda so'z yuritamiz. SHuningdek, Futzal Associaciyasi Kubogi va O'zbekiston chempionati to'g'risida ham fikr yuritamiz.


Muallif: Dmitriy Popov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика