So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   0 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  3 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   7 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  23 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  2 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  30 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   43 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  10

Kibersport hududi, mehmonxona va harakatlanadigan tom: "Real" yangi "Bernabeu"ni ko'rsatdi Yangiliklar

Kibersport hududi, mehmonxona va harakatlanadigan tom: "Real" yangi "Bernabeu"ni ko'rsatdi

Teglar :  Florentino Peres
"Real" "Santyago Bernabeu" rekonstrukciyasi maketini ko'rsatdi, klub prezidenti esa Florentino Peres qurilish ishlari yaqin vaqt ichida boshlanishiga vada berdi.

Rejalar ulkan, Madriddan er sharidagi eng yaxshi futbol stadionini qurishlari mumkin.


  • "Real" rekonstrukciya paytida "Santyago Bernabeu"dagi o'rindiqlar sonini oshirmaydi, chunki ular hukumatdan ruxsat ola bilishmadi. "Bernabeu" 10-12 metr balandroq bo'ladi (hozirgi balandlik 45 metr). Tribunalar qaytadan jihozlanadi, hozircha qandayligi malum emas, ammo avvalgidan qulayroq bo'lishi aniq. Arena hududidagi to'rtta evakuacion minoralar buziladi.


  • "Real" klub muzeyini kengaytiradi va arena hududida mehmonxona quradi.


  • Stadion ustida harakatlanadigan tom bo'ladi - u maydonni to'liq yopa oladi.



  • Arenaning ichki tomonida "Krasnodar"niki kabi 360 graduslik videotablo o'rnatiladi.


  • Maket ko'rsatilgan rasmiy videoda ikki kibersport jamoasi ko'rsatilgan - Isurus Gaming va Furious Gaming. Demak, rekonstrukciyadan so'ng stadionda kibersport hududi paydo bo'ladi.


  • Faqat stadion emas, balki uning atrofidagi hudud ham o'zgaradi. Plaza de los Sagrados Corazones savdo markazi buziladi va arena hududida 6000 kvadrat metrlik park quriladi. Plaza de los Sagrados Corazones mashina turargohida, piyodalar yo'lagi yaratiladi.



  • Rekonstrukciyaga 2017 yilning may oyida ruxsat berilgan, qurilish ishlari 2019 yilning boshida start oladi va 3,5 yil davom etadi. "Real" 1947 yildan beri "Santyago Bernabeu"da o'ynab kelmoqda.


  • Rekonstrukciya uchun taxminan 525 mln evro sarflanadi. Florentino Peresning so'zlariga ko'ra, yangilangan "Bernabeu" yiliga 150 mln evro daromad keltiradi.

Peres 2016 yilda "Santyago Bernabeu" rekonstrukciyadan so'ng nomini saqlab qolishini aytgan edi, ammo unga homiy nomi qo'shilishi mumkin. Klub rekonstrukciya International Petroleum Investment Company investiciya kompaniyasi qoplashi rejalashtirilgan edi.

TAS-IX emas


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика