So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  2 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  1 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  3 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  11 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Kiberfutbol. Pavel Soprikin: “O'zbekistonda MDH va Osiyo chempionatlari o'tkazilsa juda ham xursand bo'lardim” Yangiliklar

Kiberfutbol. Pavel Soprikin: “O'zbekistonda MDH va Osiyo chempionatlari o'tkazilsa juda ham xursand bo'lardim”

Teglar :  Kiberfutbol
Kecha UCFGA Associaciyasiga qarashli “UzArena”da Associaciya championat.asia sayti bilan hamkorlikda ilk marotaba “championat.asia kubogi” turniri ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu  tadbirda kiberfutbol bo'yicha 2013 yilgi Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egallagan Pavel Soprikin kiberfutbol va UCFGA Associaciyasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Avvalambor meni UCFGA Associaciyasiga qarashli “UzArena”ga meni taklif qilishganidan juda ham xursand bo'ldim. Associaciya prezidenti Azizbek Pattaxov bilan anchadan beri yaxshi tanishman. Ushbu insonning mana shu darajaga chiqishimga katta xissasi bor. Mana hozir butun boshli kiberfutbol Associaciyasining prezidenti hisoblanadi, bundan juda ham xursandman.

“UzAreana”dagi futbol havosini ko'rib, ochig'ini aytsam xayron qoldim. Avvallari kiberfutbolga O'zbekistonda odamlar unchalik ko'p qiziqishmasdi. Mana hozir ushbu sport turi bilan shug'ullanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Istagan inson kelib kiberfutbol bilan shug'ullanishi mumkin. Men kiberfutboldan biroz uzoqlashganim uchun o'yinim biroz pasaygan. Oliy liga darajasidagi kiberfutbolchi emasman, desam xato qilmagan bo'laman. Yaqin kunlarda kiberfutbol bo'yicha havaskorlar ligsi tashkil etilar ekan. Mana shunda o'zimni sinab ko'rmoqchiman va sekin-asta o'yinimni kuchaytirib olaman. Nasib qilsa bizda ham kiberfutbol bo'yicha MDH va Osiyo chempionatlari o'tkazilsa juda ham xursand bo'lardim”, - deydi kiberfutbolchi Pavel Soprikin.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика