So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Kiberfutbol bo'yicha “Lokomotiv Cup” musobaqasi o'tkazildi Yangiliklar

Kiberfutbol bo'yicha “Lokomotiv Cup” musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  Kiberfutbol
Bilasiz, kibersport so'nggi paytlarda juda tez suratlarda rivojlanib bormoqda.

Bu yil ilk bor O'zbekiston kiberfutbol professional ligasi ham o'tkaziladi. Ushbu musobaqada “Lokomotiv” futbol klubining barcha to'rt nafar kiberfutbolchisining ham ishtirok etishi quvonarli hol, albatta.


Takidlash joizki, Oliy Liga ilk mavsumiga noyabr oyining so'nggi dekadasida start beriladi. Unga qadar esa “Lokomotiv” futbol klubi tashabbusi bilan “Lokomotiv Cup” musobaqasi tashkil etildi. Birinchi bor o'tkazilgan ushbu turnirda jami 32 nafar kiberfutbolchi “temiryo'lchilar” sovrini uchun kurash olib bordi. Ular qatorida “Qo'qon-1912”, “Paxtakor”, “Olmaliq” hamda “Nasaf” kabi klublarning tajribali kibersportchilari bahslarda qatnashganini alohida qayd etish joiz. Qiziqarli tarzda o'tgan bahslar yakuniga ko'ra “Sanjar_Loko” nikli “Lokomotiv” kiberfutbolchisi bosh sovrinni qo'lga kiritdi. U finalda “Doniyor Bek’s”ni 4:2 hisobida engishga muvaffaq bo'ldi. “Sherzod Schurrle_Loko” nikli “Lokomotiv”ning boshqa bir kiberfutbolchisi esa uchinchi o'rinni band etdi.




















Yakunda g'oliblar “Lokomotiv” professional futbol klubi rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Taqdirlash marsomida klub bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, futbolchilar – Kaxi Maxaradze hamda Ikrom Aliboevlar ishtirok etib, g'oliblarga sovrinlarni topshirishdi. SHuningdek, musobaqani tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan Allianz Arena klubi rahbari “Abdusapi Legend_Loko”ga ham esdalik sovg'asi hamda tashakkurnoma taqdim etildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика