So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. Марказий ўйинда "Наполи" ўз уйида "Милан"ни мағлуб этди  0 00:21Унаи Эмери "Астон Вилла"да "Челси" ҳужумчисини кўрмоқчи  1 23:57Неймар "Ал Ҳилол" бош мураббийининг Бразилия миллий терма жамоасига бош мураббий этиб тайинланишига қарши чиқди  1 23:30РПЛ. "Зенит" "Рубин"га жавобсиз 4 та гол урди, Ашурматов захирадан ўйинга қўшилди  1 22:58А Серия. "Интер" ўз уйида "Удинезе"дан устун келди  1 22:25Англия кубоги. "Ман Сити" иродали тарзда "Борнмут"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди. Сариқ карточка олган Ҳусанов танаффусда захирага олинди  127 21:55"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг юлдуз ҳужумчиси учун "Бавария" билан баҳслашади  1 21:28Ла Лига. "Барселона" "Жирона"га 4 та гол урди, Левандовскидан дубль  49 21:03Жек Грилиш А Сериянинг топ-клубларидан бирига ўтиши мумкин  1 19:55Амад Диалло қачон сафга қайтади?  0 18:55Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси Хитой сафарига ҳозирлик кўрмоқда  0 17:46Расман: Андреа Берта "Арсенал"да  4 17:11Суперлига. 4-тур учрашувлари бошланиш вақтлари  13 16:46Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси Таиланддаги халқаро мусобақада иштирок этади  2 16:20Перес ўтган мавсумда EЧЛда ғалаба қозонгани учун "Реал"нинг ҳар бир футболчисига 900 минг евродан тўлаган  33

Keynga o'rinbosar qidirayotgan "Tottenxem", "Siti" safidagi "olmos", "Vest Xem" texnik direktorini uyaltirib qo'ygan Uord-Prouz - APL 2-tur xulosalari Yangiliklar

Keynga o'rinbosar qidirayotgan "Tottenxem", "Siti" safidagi "olmos", "Vest Xem" texnik direktorini uyaltirib qo'ygan Uord-Prouz - APL 2-tur xulosalari

“Tumanli Albion”da yangi mavsum boshlanganiga ham 10 kundan oshdi.

Allaqachon muxlislar 2 ta tur bahslaridan zavq olishdi. Ikkinchi tur o'yinlari "Luton" – "Byornli" o'yini qoldirilgani sababli to'liq o'tmadi. Lekin bu o'yin ko'pchilikning diqqat markazida emasdi. Tur yakuni bo'yicha diqqatga molik 5 holatni ko'rib chiqamiz.


"Totenxem"da hammasi yaxshi, ammo jamoaga hujumchi kerak

"Tottenxem" kutilmaganda "Manchester Yunayted"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Ange Postekoglu jamoasida etarli darajada ijobiy jihatlar mavjud, lekin eng asosiy muammo hal qilinmagan. Jamoa Harri Keynga o'rinbosar topa olganicha yo'q. Risharlisonning o'yinlari yaxshi chiqmayapti. Hatto g'alabali o'yin ham ko'rsatyaptiki, "shporlar" transfer bozoriga chiqishlari kerak. 

O'yinning 69-daqiqasigacha Risharlison "qizil iblislar" darvozasi tomon birorta zarba bera olmadi. 28 marta to'p bilan muomalada bo'ldi va ularning 8 martasida uni yo'qotdi. Balki forvard o'ziga kelib olishini biroz kutish kerakdir, ammo u  ham Son va Kulusevski qatori "qotil" hujumchi emas. U ham sheriklari kabi har mavsum +20 ta gol uradigan hujumchidan ko'ra qanotdan markazga o'tib sheriklariga imkoniyat yaratadigan hujumchilar sirasiga kiradi.


"Yunayted"ning sust starti Ten Hag qo'l ostida ananaga aylanmoqda

"Yunayted" mavsumni o'tgan mavsumdagidek "dahshatli" boshlamadi, ammo yaxshi boshladi, deb ham bo'lmaydi. O'tgan mavsumning beo'xshov startidan biroz o'tib "qizil iblislar"da hammasi o'z joyiga tushgan edi. Hozir ham muxlislar shunga o'xshash holatni kutishmoqda. 

"Vulverxempton"ga qarshi kechgan birinchi turda Ten Hag jamoasi g'alaba qozona oldi, biroq jamoa o'yini "Tottenxem" bilan bo'lib o'tgan o'yinning ikkinchi taymidagi kabi "umidsiz" edi. "Yunayted" muxlislari baxtiga "Vulvz" shovvozlari vaziyatlardan foydalana olishmagan edi. Londondagi bahsning birinchi taymida ularda bir qancha yaxshi vaziyatlar bo'ldi, ammo ular vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. O'tkazib yuborilgan gollardan so'ng esa jamoada vahima paydo bo'ldi. 

Andre Onana butun bahs davomida sheriklari bilan gaplashib, ularni o'z holiga keltirishga urindi. Bahsdan so'ng u o'tkazib yuborilgan gollarda o'zining aybini inkor etdi va butun jamoa bahs davomida qandaydir noaniq va o'ziga ishonmay harakat qilganini takidladi. SHunga o'xshash holar o'tgan mavsumda sodir bo'ldi. Mankunianlar yangi darvozabonga ko'niksa, hammasi joyiga tushishi mumkin.


Xulio Ensiso – "Brayton" katta summaga sotishi mumkin bo'lgan yangi o'yinchi

"Brayton" "Vulverxempton"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi va karvonboshilikni o'z qo'liga oldi. To'g'ri, ular autsayderlarga qarshi o'ynashdi, biroq jamoa 2 turda 8 gol urdi. Baribir, "chaykalar"ning mahsuldorligi, shuningdek, Mak Allister va Kaysedoning o'rnini yopa olishgani etirofga loyiq. Xulio Ensiso "Brayton"ning yangi javohiriga aylanmoqda. Yaqin orada grandlar paragvaylik 19 yoshli o'yinchi uchun 70-80 million evroni sanab berishsa ajab emas. U ajoyib potencialga ega. Hujumga yaqinroq poziciyada o'ynaydi. "Brayton" skautlari uni o'tgan yili "Ameks"ga "Libertad"dan 10 million evroga olib kelishdi. Paragvaylik 1 mavsumni moslashish uchun sarfladi. Mavsum oxirida ko'zga tashlana boshladi.

"Vulverxempton" bilan o'yinda u o'zining ajoyib formasiga kirib olgan Solli Marchning ikkita goliga assistentlik qildi. U bazida Denni Uelbek bilan joyini almashtirib hujum markaziga o'tmoqda. Qanotlarda esa March va Mitoma bilan ajoyib hamkorlikni amalga oshirmoqda. Haqiqatan ham "chaykalar" hujumida hammasi joyida, Gilmor-Gross tandemi esa jamoaga millionlab funtlarni keltirgan Mak Allister va Kaysedo o'rnini hozircha bilintirmayapti. 


Manuel Akanji "Siti" safidagi "olmos"

O'tgan yili "Manchester Siti" "Dortmund"dan Manuelni xarid qilganida ko'pchilik ekspertlar "Siti" bir necha poziciyalarni bir martada yopish uchun rotaciyaga o'yinchi oldi, deb o'ylagan edi. Vaqt o'tib aynan universallik o'yinchining asosiy fishkasiga aylandi. Malumki, Gvardiola aynan shunday sifatlarni yuqori qadrlaydi. Akanji nafaqat chap qanot va tayanchdagi bo'sh zonalarni yopadi, balki bu poziciyalarda oldindan o'ynab kelgandek o'zini yaxshi his qiladi, shuningdek, bahs davomida uning joyini o'zgartirgani sezilmay ham qolishi mumkin. 

"Nyukasl"ga qarshi bahsda Akanji 3 ta poziciyada o'ynadi: tayanch yarim himoyachi, markaziy himoyachi va bazida hujumkor yarim himoyachi. Har qanday rolda Akanji o'zini ko'rsata oldi. Bunga u maydonni taktik tushuna olishi va unga yuklatilgan ishlarni sifatli bajarishi sabab erishmoqda. 

Gvardiola Akanji taktik ko'rsatmalarni qay darajada tez tushuna olishi va mukammal tarzda bajarishidan hayratda qolishini doim takidlaydi. Bu futbolchining xaridi "Siti" uchun so'nggi yillardagi eng muvaffaqiyatlisiga aylanishi mumkin. Balki "Siti"ning eng muvaffaqiyatli transferi sifatida Erling Holandni ko'rsatishar, biroq jamoa uchun juda muhim o'rin tutadigan 27 yoshli o'yinchini 17,5 million evroga sotib olish – bu yuqori mahorat.


Jeyms Uord-Prouz "Vest Xem" texnik direktorini uyaltirdi

Bu yozda "Vest Xem Yunayted"da bosh murabbiy Devid Moyes va texnik direktor Tim SHteydten o'rtasida  kichik mojaro yuz berdi. Tim jamoaga Evropa jamoalaridan nisbatan arzon turuvchi o'yinchilarni taklif qilish tarafdori edi. Moyes esa Premer-ligada o'ynagan, tajribaliroq o'yinchilarni jamoaga taklif qilmoqchi bo'ldi. Ayniqsa, texnik direktor Uord-Prouzning xaridiga qarshi chiqdi. Uning fikricha, Jeymsga sarflanadigan 30 million funt – bu isrofgarchilik.

Ammo yakunda bu kichik qarama-qarshilikda Moyes g'alaba qozondi. U "jarima zarbalari qiroli"ni "Vest Xem"ga olib keldi. Birinchi o'yindayoq Jeyms unga sarflangan 30 million funt – bu "sariq chaqa" ekanligini isbotladi.  Bahsning 7-daqiqasidayoq u himoyachi Nayef Agerdning goliga hammuallif bo'ldi. Ikkinchi taymdagi golda ham Jeyms ishtirok etdi. Jamoa timsoli Maykl Antonio Jeymsning uzatmasini golga aylantirdi. Yangi mavsumda "Sautgempton" sobiq sardorining ko'p uzatmalari va krosslari aynan Mayklga atalishini taxmin qilish mumkin. 

Yangi mavsum "bolg'achilar"ning burchak zarbalari va jarima zarbalari yanada xavfliroq tus oladi. CHunki jamoada Jeymsdek ajoyib dispetcherdan tashqari, bosh bilan yaxshi o'ynaydigan Souchek, Agerd, Antonio, Ogbonna va Zuma kabi futbolchilar bor. 


Fapl.ru materiallari asosida Mamurjon Ibragimov tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика