Keyn: “Messi va Ronaldu darajasida emasman”
08 sen 2018 01:30
Yangiliklar
Keyn: “Messi va Ronaldu darajasida emasman”
“Tottenhem” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynning fikricha, uni “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” etakchisi Lionel Messi bilan taqqoslash noo'rin.
“O'ylashimcha, meni bu ikki futbolchi bilan taqqoslash juda qiyin. Ular so'nggi 10 yilda zamonaviy futbolning yaqqol etakchilari bo'lib kelishmoqda. Bu amalga oshirish qiyin bo'lgan ish. Ular haligacha biz barchamiz zabt etish niyatida bo'lgan cho'qqida.
Jahon chempionatida to'purar bo'lganimdan faxrlanaman. Messi va Ronaldu bilan bir darajadaman, deb aytolmayman. Ammo men eng yaxshi bo'lishga intilaman.
Jahon chempionatining “Oltin to'p”ini yutish yoqimli. Men o'z o'yinimni yanada yaxshilashim kerak. Hozir ham yuksak “forma”daman”, deya Keyinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.
Fikrlar