Keyn "Liverpul"ga qarshi bahs haqida: "Har qanday jamoani mag'lub etish mumkin"
27 okt 2019 12:54
Yangiliklar


Keyn "Liverpul"ga qarshi bahs haqida: "Har qanday jamoani mag'lub etish mumkin"
"Tottenxem" forvardi Garri Keyn "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan APLning 10-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Og'ir o'yin bo'lishini kutyapmiz, ammo bunday vaziyatlarda bo'lganmiz va kerakli natijaga erishganmiz. SHunchaki o'z o'yinimizga etibor qaratib, xuddi "Crvena Zvezda"ga qarshi bahsdagidek harakat qilishimiz kerak.
Bunday o'yinlarda borini berib o'ynagan, g'alabani ko'proq xohlagan va jiddiy mehnat qilgan jamoa muvaffaqiyatga erishadi.
"Liverpul"ni mag'lub etib bo'lmaydigan jamoa deb bo'lmaydi. Har qanday jamoani taslim etish mumkin va yakshanba kuni buni uddalashga harakat qilamiz" - deydi Keyn.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar