So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Keyingi yil "Navbahor"ga yangi murabbiy keladi? Andrey Kanchelskis munosabat bildirdi Yangiliklar

Keyingi yil "Navbahor"ga yangi murabbiy keladi? Andrey Kanchelskis munosabat bildirdi

Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin haqida qisqacha? Qisqasi mag'lub bo'ldik, "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski birinchi davradagi o'zaro o'yinda bo'lgani kabi chiroyli bahs bo'lmadi. Hayot davom etadi. Keyingi "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Bizga futbolchilar etishmayapti. Men klubdan ketayotganimda 3-o'rinda edik, qaytganimda 6-o'rinda edik. O'runovni sotib yuborishdi, Abdujamol Isroilovning oyog'i sindi, Azim Ahmedov jarohat oldi, Lukichning oyog'i sindi... Hozir tarkibimizda bor futbolchilardan minnatdorman. To'g'ri qaerdadir mahorat etishmayapti. Hech nima qila olmaymiz. Agar yuqoridagi barcha futbolchilar bo'lganida boshqacha o'yin bo'lardi. Agar zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytira oladigan futbolchi bo'lmasa faqat baqirish mumkin xolos. Bu erda barchasi ochiq oydin ko'rinib turibdi.

Bu yil mendan aniq bir natija talab etishmagandi, to'g'ri biz g'alaba qozonishni teparoqda bo'lishni istagandik. Asosiy etibor keyingi yilga edi. Ammo ketma-ket g'alabalardan keyin sovrinli o'rinlar haqida gapirishni boshlashgandi. Futbolchilarsiz natija qo'lga kiritish juda qiyin. Bundan tashqari tashqi tasirlar ham bor, o'zingiz ko'rdingiz...

Futbol bu ijodiy o'yin, bizga kuch etishmadi, qo'rqdik. Biz talab qilayapmiz, ammo futbolchilar maydonda o'ynashadi-ku. Bu erda ko'p gapirishimiz mumkin, ammo barchasi maydonda hal bo'ladi. Zarba bermadik, demak xohlashmadi, uddalay olishmadi. Hozir jamoada bor futbolchilar bilan ishlayapmiz, ular maydonga tushib oxirigacha kurashishmoqda.

"Navbahor"da yangi mavsumda yangi murabbiy bo'lish haqida mish-mishlar yuribdi? Mening klub bilan shartnomam bor. Yashayversak ko'raveramiz", - deydi Andrey Kanchelskis. 





Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика