Kexill: "Umid qilamanki MYUdan uchralgan mag'lubiyat "CHelsi" uchun qimmatga tushmaydi"
17 apr 2017 16:20
Yangiliklar
Kexill: "Umid qilamanki MYUdan uchralgan mag'lubiyat "CHelsi" uchun qimmatga tushmaydi"
"CHelsi" himoyachisi Gari Kexill APLning 33-turida "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirib berdi.
"Uchrashuv boshidan boshqaruvni qo'limizga olmoqchi edik, ammo amalga oshmadi. Biz raqibga pressing uyushtirmadik. Ikkinchi bo'limda biror o'zgarish qilmoqchi bo'ldik, lekin standartlarimiz foydali bo'lmadi. Umid qilamanki, bu mag'lubiyat "CHelsi" uchun qimmatga tushmaydi.
Biz mag'lubiyatga to'g'ri munosabat bildirishimiz kerak. Angliya Kubogi yarim finaliga, keyin esa boshqa uchrashuvlarga yaxshi tayyorlanish lozim. Oltita o'yin qoldi va biz yaxshi formadamiz. Hech kim shunchaki chempionlikni berib qo'ymaydi, ishlashda davom etishimiz lozim" - deydi Kexill.
Fikrlar